Tadbirkor Guver maʼlum bir Spengler tomonidan ixtiro qilingan changyutgich huquqini sotib olib, uning modelini takomillashtirdi, ishlab chiqarish va tarqatishni yoʻlga qoʻydi va tezda muvaffaqiyatga erishdi. "Hoover" markasi hali ham mashhur, qolaversa, Guver yakunda xalq orasida kamdan-kam uchraydigan sharafga sazovor boʻlib, Remington, Dager va yana bir necha ixtirochilarga oʻxshab qoldi. Bu sharaf nimadan iborat?
Ingliz tilida to hoover — changyutgich bilan tozalamoq feʼli paydo boʻldi (Guverning familiyasi turdosh otga aylangan degan maʼnodagi javoblar ham qabul qilinadi).