AQSHdagi feministlar koʻplab qiziqarli takliflarni kiritmoqdalar — masalan, history (tarix) soʻzini herstory soʻziga almashtirish, toki unda his (uning) boʻgʻini boʻlmasin. Emansipatsiyani efemsipatsiyaga, Masihni (Xristos) esa Kristaga, Xudoning qiziga almashtirishni taklif qilib, bularni "ijobiy til" deb atashmoqda. Bir yuridik jurnal tahririyatining barcha holatlarda ayol jinsi olmoshlarini ishlatish, faqat bitta istisno qoldirish haqidagi qarorini "ijobiy til"ning eng katta gʻalabasi deb tan olish kerak. Jurnalda jinsidan qatʼi nazar, kimlar haqida har doim erkak jinsida yoziladi?