zakovatklubi.uz

Har yili 10-sentyabrda Rimda ALFA nomli festival nishonlanadi. Bu festivalning oʻziga xosliklaridan biri shundaki, oʻsha kuni Rimdagi barcha muzey va tasviriy sanʼat galeriyalari 24 soat ishlaydi. Mashxur rus yozuvchisining qalamiga mansub “4 kecha va 1 tong”dan iborat asar nomi ham ALFAning koʻplik shakliga misol boʻla oladi. Diqqat savol: Alfa bilan almashtirilgan soʻzlarni yozib bering || Har yili 14-aprelda Koreyada BETTA nomli norasmiy bayram nishonlanadi. Koreyschada “damamaeyo” deb ataladigan ushbu bayramni asosan boʻydoqlar yoki 14-martdagi bayramda sovgʻa olmaganlar nishonlashadi. Ushbu bayramda eng koʻp isteʼmol qilinadigan taom qora sousli Jajangmyeondir. Eng noqulay paytlarni ifodalovchi salbiy maʼnodagi idioma ham oʻz navbatida BETTAning koʻplik shaklini ifodalaydi. Diqqat savol: Betta bilan almashtirilgan soʻzlarni yozib bering

Manba