Voqealari Italiyada boʻlib oʻtadigan bir asarda yaqinini yoʻqotgan personaj uni topish uchun Tangriga koʻp duo qilsa-da, natija boʻlmagach BUNI QILADI. Qizigʻi shundaki, toʻplanadigan joylarini Helvet, yaʼni Doʻzax deb ataydigan norvegiyalik blek-metalchilarning davomchilari BUNI QILISH bilan mamlakat tarixiy merosiga ancha zarar yetkazishgan. “Buni qilish” bilan almashtirilgan ikki soʻzni yozing.