"Qamoqdan qochish" serialining epizodlaridan birida, personajlardan biri boshqasidan "Mening aslida kimligimni bilasanmi?" deb soʻraganda, ikkinchisi: "Bu meni qiziqtirmaydi. Mening ham Xʼim bor" deydi va hazil bilan qoʻshimcha qiladi: "u kiyingan". Yillar oldin AQShlik senator Tomas Iglton "mening Xʼim yoʻq" deganiga qaramay, jurnalistlar uning oʻtmishi bilan bogʻliq gʻalati faktlarni aniqlashgan edi. X bilan almashtirilgan ikki soʻzni toping.