Gumanitar tashkilotlar maʼlumotlariga koʻra, Fors koʻrfazi mamlakatlarida 40 mingdan ortiq 4 yoshli bolalar bu ish bilan shugʻullanishgan. Sababi ularning vazni qanchalik kichik boʻlsa, bu shunchalik ularga ustunlik bergan. 2005-yil Inson huquqlarini himoyalash tashkiloti (FIDH), bunga qarshi kurashib, ularning oʻrnini robotlar egallashiga erishdi. Savol: ushbu bolalar qanday ish bilan shugʻullanganini topgan boʻlsangiz, ularni qaysi inglizcha soʻz bilan nomlashganini yozib bering.