zakovatklubi.uz

Grenlandiya va Kanadaning eng shimoliy Ellesmir orolini ajratib turuvchi Kennedi boʻgʻozida, Xans oroli mavjud. Ushbu orol Kanada va Daniya davlatlaridan qaysi biriga tegishli ekanligi haligacha hal qilinmagan. Lekin bu orolda, «maʼdaniyatli urush», bir-birini hurmat qilgan holda oʻziga xos urush olib boriladi. Unga koʻra, bir necha oyda bir marta, Kanada yoki Daniya qoʻshinlari navbat bilan orolga qoʻnishadi, oʻzlarining harbiy mashgʻulotlarini olib borishadi. Bundan tashqari, qaysi davlat harbiylari orolga qoʻnishsa, narigi davlat bayrogʻini tushurib, oʻz bayroqlarini koʻtarishadi. Eng qizigʻi, ular buni orolni qoʻlga olish deb hisoblashadi va gʻalabani nishonlashadi. Diqqat savol: Mavzudan uzoqlashmagan xolda ular gʻalabani qanday nishonlashni aniq yozib bering.

Manba