Grand Canyonga har yili millionlab turistlar tashrif buyurishadi, oʻtgan asr oʻrtalarida ular orasida bir sabab tufayli halok boʻlish holatlari tez-tez uchrab turar ekan. Aksariyat bunday halokatlarda bir vaqtning oʻzida bir nechta sayyohlar qurbon boʻlishar edi, yakka qurbon boʻlgan holat juda kam kuzatilgan. Diqqat savol: gap nima haqida ketayotganini topgan boʻlsangiz, bu holat bilan bogʻliq qaysi sana bizda har yili eslab oʻtilishini aniq yozib bering.