Diqqat, savolda IKS soʻzi oʻrinbosar sifatida qoʻllangan. «GQ» jurnaliga bergan intervyusida aktyor sahna kostyumlaridan biri haqida shunday degan: «Uni kiyish va yechish juda qiyin edi. Biz buni avgustda suratga olganmiz, kostyum esa besh yoki oltita ogʻir qatlamdan iborat edi. Menimcha, IKS biror narsani kiyish amaliy jihatdan qulaymi yoki yoʻqligi haqida hech qachon qaygʻurmagan». Aslida esa IKS bunday kostyumda omma oldida hech qachon koʻrinmagan, balki Lyudovik XIV dan ilhomlangan. Bir daqiqadan soʻng IKSni ayting.