"Google" qidiruv xizmati asoschilari, sobiq kompyuterchi talabalar Sergey Brin va Larri Peyj, tabiiyki, hatto eng jiddiy vaziyatlarda ham hazillashish imkoniyatini qoʻldan boy berishmaydi. Yaqinda "Google" kompaniyasi oʻz aksiyalarini birjaga joylashtirishga tayyorlanayotganida, Brin va Peyj Amerika qimmatli qogʻozlar komissiyasi shakllarini toʻldirishdi. Aksiyalar sotuvidan kutilayotgan taxminiy daromad haqidagi savolga, ular butun daromad uch milliard dollardan biroz kamroq baholanganiga qaramay, asossiz boʻlmagan holda 1 dollar aniqligigacha javob berishdi. Javobda sizdan Brin va Peyj koʻrsatgan summaning uchinchi raqamini aytishingizni soʻraymiz.