"Glyuk auf" (nemischa "Glück auf") – yaʼni, "Baxt bilan chiqing" iborasi nemislarda bir toifadagi kishilar uchun haligacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. XVIII asrda Germaniyada ular orasida oʻlim holatlari juda koʻp boʻlgan. Ibora ham aynan shu davrlardan keng qoʻllanila boshlangan. Diqqat, savol: bu ibora qanday joylarning peshtoqiga ilib qoʻyilgan?