Gitlerning shaxsiy kotibi, natsistlar partiyasi devonxonasining boshligʻi va reyxslyayter kabi lavozimlarda ishlagan Martin Bormanni koʻpincha “U” deb atashgan. Mao Szedunning oʻlimidan soʻng mamlakat rahbari emas, balki markaziy harbiy kengash raisi boʻlgan Den Syaopinni ham “U” deyish mumkin. D.s: “U”ni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.