Gavdaning boʻyin bilan qorin oʻrtasidagi old qismini BU soʻz bilan atash mumkin. BU soʻz IGREK soʻziga qoʻshilib, gavdali, yelkalari keng, koʻkrakdor degan maʼnolarni bildiruvchi qoʻshma soʻzni hosil qiladi. Savol: ushbu qoʻshma soʻzni yozib bering. || IKS va IGREK soʻzlarini shu ketma-ketlikda bir-biriga qoʻshilib, bir soʻz shaklida kelishi inson ayni vaqtda aniq bir buyumsiz ekanini bildiradi. Agar IGREK va IKS soʻzlari shu ketma-ketlikda bir-biriga qoʻshilib kelsa, yuqorida aytilgan maʼnosidan tashqari, qashshoq, kambagʻal kabi koʻchma maʼnolarda hamda haqorat maʼnosida ham qoʻllanilishi mumkin. IGREK va IKSdan hosil boʻlgan qoʻshma soʻzni yozib bering