Gʻarblik bir yigit musulmonlar masjidiga kelib Islomga kirish shartlarini soʻrabdi. Masjiddagilar unga iymon keltirish shartini tushuntiribdi va ibodat qilish uchun u ishni qilish kerakligini aytibdi. U ishni eshitgan yigit Islomda ham sehrgarlik bor ekanda deb oʻylabdi. Ammo u ishni qilgach, bu fikridan qaytibdi. U ish nimaligini bilishga quyidagi rivoyat sizga yordam beradi, deb oʻylaymiz. Paygʻambar alayhis-salom bir kuni Bilol roziyallohu anhuga: "Ey, Bilol har kecha tushimda jannatga kirsam, oldimda seni kovushingni ovozini eshitaman. Bunga qanday erishding?" Hazrati Bilol: "Ya Rasululloh, men har doim u ishni qilsam, oʻzimga ikki (rakat namoz) ni lozim tutdim", deb javob berdilar.