Galatasaroydagi ishonchli oʻyinidan soʻng katta mablagʻ evaziga Angliyaga transfer qilingan Badu Ndiaye u yerda unchalik yaxshi oʻyin koʻrsatmaydi va atigi bir necha oydan soʻng yana Galatasaroyga ijaraga beriladi. Bu haqda yozgan ingliz sharhlovchisi uni X ga oʻxshatgan edi. X bilan bogʻliq maqolada “yoqilgʻi” soʻzi ham uchrashini bilgan holda X ni 2 soʻz bilan javob kartangizga yozing.