Gʻafur Gʻulom tomonidan 1945-yil 16-noyabrda bir tanishiga yozilgan sheʼrda muallif oʻzi va bir qancha ulfatlarini norin, yaxna, qazi va manti bilan mehmon qilish shartini yuklaydi. Bu shartni kim bajargan – Gʻafur Gʻulomning oʻzimi yoki uning tanishi – bundan xabarimiz yoʻq. Diqqat savol: Sheʼrning nomini bir soʻz bilan yozib bering.