Futbolchi Otabek Shukurov 5 yillik faoliyatidan keyin BAA ning “Sharja” klubidan Turkiyaning “Fotih” klubiga transfer qilindi. Bu haqida intervyu berarkan Shukurov turk klubida oʻzini koʻrsatib, Yevropaning boshqa kuchli klublariga oʻtishni maqsad qilganini taʼkidlaydi. Ushbu intervyuga bagʻishlangan Tribuna.uz ning YouTube dagi videosi posterida bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻz yozilgan. Savol: shu soʻzlarni tire qatnashgan biri atoqli ot boʻlgan soʻzlarda yozib bering.