Yaqinda France Telecom kompaniyasi mutaxassislari gʻavvoslar uchun mobil telefon ishlab chiqishdi. Chiquvchi signal gʻavvosning jagʻiga mahkamlangan maxsus mundshtukdagi sezgir membrana orqali qabul qilinadi va sim orqali sirtda suzib yuruvchi antenna-buyga uzatiladi. Kiruvchi tovush signali ham ushbu buydan sim orqali uzatiladi. Gʻavvos qaysi qurilma yordamida bu signalni eshita oladi?