Foydasi tegmaydigan dorilar, isbotlanmagan tibbiyot, faqat choʻntakka zarar beradigan uzundan uzun retsept yozishlar, odamning muammosidan vijdonsizlarcha pul qilish haqida dangal va fosh etuvchi gaplarni gapirgan Furqat Samadovga boshlovchilar IKS olish bilan bogʻliq yarim hazil, yarim chin taklifni berishadi. Boshqa “IKS”ning yaratilishi haqida gapirgan Lourens Kasdan “Yojimbo” nomli samuraylar haqidagi filmdan ilhomlanganini aytgan. Savol: IKS oʻrnidagi qoʻshma soʻzni yozib bering.