zakovatklubi.uz

“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi davomida ikkinchi kundosh Robiya Dodxohdan talogʻini ololmagach, tezlikda uydan qochib ketishga intiladi. Katta kundosh Husniya esa Uni toʻxtatishga urinadi, biroq buni uddasidan chiqa olmagach, hech boʻlmasa BIRINCHI ISHNI bajarib ketishini undan iltimos qiladi. Biroq Robiya qayrilib ham qaramay, aksini, yaʼni IKKINCHI ISHNI qilgan holda ketib qoladi. Shifokorlar fikriga koʻra, IKKINCHI ISHni qilishning koʻpgina foydali tomonlari ham bor boʻlib, masalan, yurak salomatligini yaxshilash, stressni kamaytirish, sifatli uyquni taʼminlash. Savol: IKKINCHI ISHNI bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering

Manba