Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida joylashgan bu qishloq atrofida olib borilgan 1966-yilgi arxeologik qazishma ishlari davomida mezolit davriga oid tosh qurollar mavjud madaniy qatlam topilgan va bu manzilgohga qishloq nomi berilgan. Qadimda bu qishloqning ariqlarida suv oʻrniga sut oqqanmi, yoʻqmi, bu haqida savol muallifi hech qanday maʼlumot topa olmadi. Savol: Qishloq nomini tojikchadan kelib chiqqan soʻzda yozib bering.