"EuroSport" kanali sharhlovchisi Sloveniyaning Planitsa shahridagi tramplindan sakrash boʻyicha jahon chempionatini yoritayotganida, sloven tilidagi tramplin nomining ikki xil maʼnoliligiga bir necha bor eʼtibor qaratdi. Darhaqiqat, slavyan qulogʻiga chiroyli eshitiladigan bu soʻz, slavyan boʻlmaganlarni changʻida UCHISH musobaqalarining eng noxush yakuni haqida oʻylashga majbur qiladigan termin bilan ohangdosh. Ushbu terminni ayting.