Eslatib oʻtamiz, agar sizda ushbu savolimizga javob boʻlmasa, javob varaqangizni boʻsh holda topshirishingiz ham mumkin. Siz uni apelsin, limon, lichi, greypfrut, olma, bananlisini tanlab olishingiz mumkin. Aytib oʻtilganlarning hammasi uni tayyorlashda ishlatilishi mumkin va ishlatiladi. Hozircha avokadodan tayyorlanadigan koʻrinishi yoʻq. Pulingiz boʻlsa ham avokadoli variantini sotib ololmaysiz. Agar siz yuqorida nimaning taʼrifi berilganini tushungan boʻlsangiz, uni boshqa soʻzga adashtirib yubormasdan bitta xorijiy soʻz bilan yozib bering.