Eshiting, qanday savol aytilyapti, shikoyat boʻlyapti. Bu narsa tasavvuf adabiyotida oʻzining tikligi, mungliligi, olovlarda toblangani, vatanidan judoligi tufayli soʻfiyning ramzi sifatida ishlatiladi. Ali (r.a.) haqidagi rivoyatda Muhammad (s.a.v.) aytgan sirni ichida saqlab turolmagani tufayli tariqatchilar bu narsani sirbon deb ham atashadi. Savol: Bu narsa oʻrnidagi qisqa soʻzni yozib bering. || davom etamiz. Lugʻatga koʻra, bu soʻz rizq, turmush uchun shart-sharoit degan maʼnolarda ham keladi. Soʻzning kelib chiqishi Avestocha boʻlib, “Vak”, yaʼni aytish, ovoz chiqarish feʼliga ni- old qoʻshimchasining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Savol: bu soʻzni yozib bering. || Dajla boʻyidagi bu antik shahar oʻz kutubxonasi bilan mashhur. Tavrot rivoyatlariga koʻra, Matto oʻgʻli Yunus ham shu shaharga yuborilgan. Eronlik musiqachi Husayn Alizodaning albomlaridan birining nomi ham ushbu shahar nomi bilan bir xil edi. Savol: shahar nomini yozib bering.