zakovatklubi.uz

Ernest Seton-Tompsonning “Uchqur toychoq Jek” hikoyasida quyonlar poygasi haqida soʻz yuritiladi. Bu poygada arenaga quyon ortidan itlar qoʻyib yuboriladi, quyon arenaning u boshidagi teshikka borib kirsa itlardan qutuladi. Poygada aksariyat itlar gʻolib boʻlardi. Moboda quyon gʻolib boʻlsada, keyingi poygalarda halok boʻlardi. Uchqur toychoqning oltinchi gʻalabasidan keyin quyonboqar Miki: Uni qoʻyib yuborish kerak. U ozod yashash uchun har qanday amerikalikdan koʻproq xizmat qilib qoʻydi, deydi. Ammo poyga boshligʻi rozi boʻlmaydi. Uzoq tortishuvlardan soʻng faqat shuncha marta gʻolib boʻlsa qoʻyvorishini aytadi. Savol: uchqur toychoq ozod boʻlishi uchun yana necha marta gʻolib boʻlishi kerak edi?

Manba