Erkin Vohidov yangi "Volga" olgach, hamkasblar bilan Qirgʻizistonga safar uyushtiradi. Dam olish, uchrashuvlar va mehmondorchilik zoʻr oʻtadi. Ammo yoʻlda bir kasb egasining shoir bilan kelisha olmagani sababli, shoirga hamkasblari "Chumchuqkoʻzga ega boʻldingiz" deb hazil qilishadi.. Diqqat savol: Doʻstlar "Chumchuqkoʻz" deb nimani nazarda tutganini bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 soʻzda yozib bering.