Endigina taʼmirdan chiqqan xonadonning devorlariga kichik yoshdagi bola yashil marker bilan uy suratini chizib qoʻyadi. Buni koʻrgan ota-onasi tushkunlikka tushmaydi, bolani urishmaydi va surat bilan BU ISHNI QILISHADI. Jasur Kengboyevning essesida bir vaqtlar Togʻay Murodga nisbatan tazyiqlar boshlanganda yozuvchi oʻziga nisbatan BU ISHNI QILGANI haqida soʻz borgan. Diqqat savol, BU ISHNI QILISH soʻzlari oʻrnidagi alifboda ketma-ket keluvchi harflardan boshlanadigan 2 soʻzni yozib bering.