Duglas Adamsga ishonadigan boʻlsak, "Galaktika yoʻlkoʻrsatkichi" "Sirius Kibernetiks" korporatsiyasining savdo boʻlimini shunday taʼriflaydi: "inqilobdan keyin birinchi boʻlib devorga qatib otib tashlanadigan telba idiotlar toʻdasi". Ayting-chi, oʻsha D. Adamsning fikricha, "Encyclopaedia Galactica" nashri (u baxtli tasodif tufayli kelajakdan, savol boshida tilga olingan yoʻlkoʻrsatkich chiqqan vaqtdan ming yil keyingi davrdan vaqt yorigʻi orqali tushib qolgan) yuqoridagi boʻlimni qanday taʼriflaydi?
"Inqilobdan keyin birinchi boʻlib devorga qatib otib tashlangan telba idiotlar toʻdasi".