Antarktikadagi Janubiy Shetland orollari guruhida Fil (Elephant) oroli bor. Nima uchun unga bunday nom berilgan, vaholanki sayyoramizning bu qismlarida nafaqat fillar boʻlmagan, balki qirilib ketgan fil yoki mamont suyaklari ham hech qachon uchramagan?
Fil (Elephant) oroli oʻz nomini bir vaqtlar Antarktika dengizlari orollari va qirgʻoqlarida koʻp boʻlgan hayvon — dengiz fili nomidan olgan.