Ehtimol, bu dupletimiz savollarini oʻta joʻn va oddiy deb hisoblashiz mumkin. Shunga qaramay topib koʻrishga harakat qiling. 1. Ehtimol, bu savol siz uchun oʻta joʻn tuyulishi mumkin. Sanʼatshunos Uill Gomperts fikricha, tasviriy sanʼatdagi USHBU yoʻnalishning paydo boʻlishiga Fransiyaga olib kelingan Afrikaning ibtidoiy qabilalarining yogʻochdan yasalgan diniy marosimlar uchun moʻljallangan niqob va qoʻgʻirchoqlari sababchi ekan. Savol: USHBU yoʻnalish nomini unlilari bir xil boʻlgan soʻzda yozib bering || . Ehtimol, bu savol siz uchun oddiy tuyulib, siz juda kam vaqtda javobni topasiz. XX asrda yashab ijod qilgan amerikalik haykaltarosh va sanʼatshunos Donald Jadd yaratgan aksariyat asarlariga hatto nom ham bermagan, ularni faqatgina yaratilgan yilidan ajratish mumkin. Savol: Donald Jadd badiiy sanʼatning qaysi yoʻnalishining namoyondasi boʻlganini unlilari bir xil boʻlmagan soʻzda yozib bering.