gotquestions.online

TASS muxbiri Viktor Babkin shaxmat turnirlari haqidagi qisqa, quruq va kam maʼlumotli hisobotlari bilan mashhur edi. Uning qaydlari odatda shunday koʻrinishda boʻlardi: "Falonchi birinchi yurishda E2-E4 oʻynadi, qiziqarli kurash boshlandi va falonchi gʻalaba qozondi". Zaharxanda hamkasblari Babkin Spasskiy va Fisher oʻrtasidagi jahon chempionligi uchun kechgan mashhur ikkinchi partiyani qanday sharhlashini taxmin qilishdi: "(uchta soʻz tushirib qoldirilgan), hayajonli kurash boshlandi va Spasskiy gʻalaba qozondi". Tushirib qoldirilgan soʻzlarni maʼnosiga yaqin tarzda tiklang.

Manba