Duplet. Viskonsinda tugʻilgan ushbu inson agar bizning davrimizda va davlatimizda talaba boʻlganida va aksariyat universitetlarning ichki tartib-qoidalaridagi bir cheklovga amal qilganida edi, unda katta tijoriy taklifi uchun prezidentdan rad javobi olmagan boʻlar edi. Uning familiyasini yozib bering. || : Paradoksni qarangki, garchi ushbu kiyim turini Angliyada oʻylab topilishining maqsadlaridan biri ingliz aristokratlarini fransuz modasidan voz kechishiga undash boʻlgan boʻlsa-da, lekin kiyim nomi haligacha fransuzcha soʻz bilan ataladi. Lyudovik XIV esa ingliz zodagonlarini yerga urish maqsadida barcha xizmatchilarga ushbu kiyimni kiyishni buyurgan. Yaqinda Oʻzbekistonda ham bu kiyim ancha muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu kiyim nomini yozib bering.