Duplet. Umid qilamizki, ushbu savolda bir bal olishingiz uchun jamoaviy hamjihatlik sizga yordam beradi. Oʻqituvchi Nina Jeksonning sheʼrida darslarni tushunishga qiynalgan bola oʻz miyasidagi fikrlar chalkash ekanligini, nozik gaplar unga tushunarsiz boʻlayotganini taʼkidlab "Mening boshim SIGMAga oʻxshaydi" deydi. Savol: SIGMAni italyancha soʻz bilan yozib bering. || "Ot-odam BoJek" animatsion filmida qahramonlar universitet laboratoriyasiga kirib qolishadi va ularga ZET taklif etgan talaba xonadan chiqib ketadi. ZETni yeganidan afsuslangan qahramonlar uni soxtalashtirishga harakat qilishadi. Savol: ZETni yozib bering.