DUPLET! (Tuman nomlari tarixi) [Duplet qoidalari: 2 ta savol oʻynaladi. Har bir savolga 30 soniyadan vaqt beriladi. Ikkala savolning javobi bitta javob varaqasiga yozib beriladi. Agar jamoa ikkala savolga ham toʻgʻri javob bersa, 1 ball beriladi. (bittasiga toʻgʻri, bittasiga xato javob berilsa ball berilmaydi, yarim ball degan narsa yoʻq)] Samarqand viloyatidagi bu tuman nomi tarixi haqida bir qancha farazlar bor. Ulardan biriga koʻra, bir xon Samarqand qimizidan ichib koʻradi. Shundan keyin bu tuman oʻz nomini oladi. Savol: Qaysi tuman? || Samarqand viloyatidagi bu tuman nomi haqidagi farazlardan biriga koʻra, balandlikda joylashgan bir shahar boʻlgan. Uni ikki soʻz bilan nomlashgan. Keyinchalik bu soʻzlar birlashib, oʻzgarishga uchrab, bu tumanning hozirgi nomi paydo boʻlgan. Savol: Qaysi tuman?