DUPLET [Ikkita savol. Oʻylash uchun 30 soniyadan muhlat. Ikkala toʻgʻri javob uchun bir bal beriladi] 1) Diqqat savolda IKS bilan IKKI soʻz almashtirilgan. Xayriddin Sulton Asqad Muxtorni XX asrning IKSI deb hisoblaydi. Bizga esa koʻproq Ozod Sharafiddinov tomonidan IKS deya oʻz hamkasbiga bergan taʼrifi maʼlum. Savol: IKS oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering. || Diqqat savolda IGREK bilan IKKI soʻz almashtirilgan. IGREK soʻzlari qatnashgan film 2017-yilda chiqgan. Unda IGREK aslida kim ekanligi haqida turli fikrlar bildirilgan boʻlib, rejisser Rayan Jonson film haqidagi intervyularidan birida “IGREK bu Lyuk” ekanligini taʼkidlagan. 2019-yildagi filmdan soʻng ham hali hamon Markni IGREK deb atashimiz mumkin. Savol: IGREK oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.