Duplet [Duplet savollarini Alisher Fayz beradi, Otasi yoki togʻasi emas] IzohUz saytiga koʻra, X ning uch xil maʼnosi mavjud boʻlib, aytish uyat hisoblanadigan, miqdordan ortiqlik va biror belgi-xususiyatni bildiruvchi oʻrnida keladi. Savol: X oʻrnidagi ikki boʻgʻinli soʻzni yozib bering. || IzohUz saytiga koʻra, U ning olti xil maʼnosi mavjud boʻlib, puflab chalinadigan musiqa asbobining ijrochi-sozanda qoʻl bilan bosib ochib-yopib turadigan tugmasi ham, botinkaning ip oʻtkaziladigan teshiklariga izma oʻrniga oʻrnatiladigan temir halqacha ham U deb ataladi. Savol: U oʻrnidagi ikki boʻgʻinli soʻzni yozib bering.