DUPLET. Bu savolning dupletga aylantirilgani yakunda sizni ballsiz qoldirmasa edi degan xavotirdamiz. 1. Ushbu sovet filmida kasodga uchragan Svirid 10 ming rubl ilinjida xunukkina qizga uylanish haqida oʻylay boshlaydi. Sayrga chiqqanida esa oʻziga moliyaviy foyda keltirolmaydigan goʻzal qiz Galyani koʻrib qoladi. Savol: Ushbu sovet filmi nomini taxminan boʻlsa-da, bir necha soʻzda yozib bering. || Bu savolning dupletga aylantirilgani yakunda sizni ballsiz qoldirmasa edi degan xavotirdamiz. 2. Ushbu sovet filmi soʻngida Sviridning boy qizga emas, goʻzal Galyaga uylanmoqchi ekanligini bilib qolgan sudxoʻr qahramon Sviridning toʻyiga yetib keladi va boy qizga uylanmasa, qarzini qaytara olmasligini eslatib, hammaning oldida sirni fosh qiladi. Oqibatda boy qiz ham, goʻzal qiz ham Sviriddan yuz oʻgiradi. Savol: Film nomini taxminan boʻlsa-da, bir necha soʻzda yozib bering.