zakovatklubi.uz

Duplet. Bu duplet qoidalari bir oz boshqacha boʻlib, birinchi savolni oʻylashga 12 soniya beriladi, ikkinchi savolni oʻylashga esa 48 soniya. 1. Ushbu inson tugʻilganida pravoslav ruhoniysi uning onasiga kasal va zaif chaqaloqqa bosh farishtalardan birining ismini berishni maslahat beradi. Shunda, farishta goʻdakni himoyasiga olib, sogʻlom voyaga yetishiga yordam berishini aytgan. Biroq bu holat ushbu insonni 1918-yilda, 23 yoshida, Bogemiyadagi qamoqxonada sil kasalligidan vafot etishdan asrab qolmagan. Diqqat savol: Bu insonning FAMILIYASINI yozib bering. || Ushbu inson oʻz faoliyatini muhandis sifatida boshlab, keyinchalik iqtisodiyot va sotsiologiya fanlariga eʼtiborini qaratgan. Lozanna Universitetida dars bergan davrlarda uning maʼruzalarini tinglagan yosh Benito Mussolini oʻz qarashlarini sotsializmdan elitizm tarafga oʻzgartirgani haqida tahminlar bor. Diqqat savol: Bu insonning FAMILIYASINI yozib bering.

Manba