[DUPLET] 1) Ushbu ikki karra Olimpiada gʻolibining oyoq kiyim oʻlchami Amerika oʻlchamida 13 yaʼni yevro oʻlchamida 46, qoʻllarining ikki yonga yozilgan holatida 212 santimetrni tashkil qiladi. Oyoq kiyim bilan birga boʻyi 203 santimetrni tashkil qiladi. Diqqat savol: Ushbu sportchining ism familiyasini yozib bering. || 2) Bakari uning ikkinchi ismi boʻlib suhayli tilida "xush xabar" degan maʼnoni anglatadi. Koʻpchilikga Adonis roʻli orqali tanish boʻlsada, savol muallifi xotirasida u oz fursat boʻlsada Wakanda qiroli boʻlgani bilan esda qolgan. Diqqat savol: Bakarining hamma bilagan ism familiyasini BIR dona xarf tushurmay yozib bering.