Duplet 1. U xitoylik mashhur shoir va saroy bosh folbini boʻlib, milodiy 4-asrda yashagan. Mamlakatda boshlangan general Van Dun qoʻzgʻolonining boshlanishi va borishi haqida toʻgʻri informasiya bermaganligi sababli ishonchdan qolib keyinchalik qatl etilgan. Diqqat savol: U deganda kim nazarga tutilmoqda? 2. U sovet partiyasi rahbarlaridan biri boʻlib, 1991 yil avgustda sodir etilgan "avgust toʻntarishi" tashkilotchilaridan sanaladi. Toʻntarishga oʻzini aybdor bilib, maxsus organlar uni jazolamasligidan oldin oʻz joniga qasd qilgan. Bu bilan SSSR vazirlari orasida oʻz joniga qasd qilgan ikkinchi insonligi bilan ajralib turadi. Diqqat savol: U deganda kim nazarga tutilmoqda?