Duplet. 1. Klod Monening 1877-yilgi U nomli asarida Parijdagi bir muassasa tutun bilan qoplangan holda tasvirlangan. Kartina chizilishidan 19-yil oʻtib yaratilgan boshqa bir U, voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, yigʻilganlarni shovqin-suron qilib qochishiga sabab boʻlgan ekan. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering. || Ijtimoiy tarmoqdagi “Jurʼat” nomli videoda bir necha yildan keyin sevgan qizini uchratib qolgan yigit suhbatlashish chogʻida qiz ham uni yoqtirishini bilib qoladi, ammo ushbu kadrdagi BU ISH videoga mantiqiy yakun boʻlgan. Savol: BU ISH oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.