[DUPLET] 1) DIQQAT. Matnda ism-familiya X bilan almashgan. Sobiq ittifoq, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Afgʻonistondagi elchilari talabiga koʻra, hibsga olingan Germaniyaning Afgʻonistondagi elchisi Pilger Moskvadagi soʻroqlar paytida shunday degan edi: “Afgʻonistonda oʻzbek razvedkasi nemis razvedkasi ustidan gʻalaba qozondi. X uchinchi front ochilishini barbod qildi”. SAVOL: X bilan almashgan ism-familiyali insonga berilgan laqabni bir soʻzda yozib bering. || 2) 1895-yili Bokuda tugʻilgan INSONning asosiy ish faoliyati Germaniyada, umrining oxiri Yaponiyada oʻtdi. SAVOL: INSONga berilgan boshqa laqabni yozib bering.