Barselonadagi Olimpiada oʻyinlaridagi yorqin gʻalabadan soʻng, Amerika basketbol terma jamoasi — "Dream Team"ni taqdirlash marosimida olti nafar basketbolchi, jumladan Maykl Jordan va Charlz Barkli, yulduzli-yoʻlli Amerika bayroqlariga oʻralgan holda shohsupada turishgan edi. Biroq, bu shunchaki vatanparvarlik tuygʻularining namoyishi emas edi. Buning jiddiyroq sababi bor edi. Nima uchun ular bayroqlarga oʻralib olishgan?
Amerika terma jamoasining formasi Reebok firmasi tomonidan tikilgan edi, bu olti nafar oʻyinchining esa Nike bilan shartnomasi bor edi.