Doxximning (Doksimning) ushbu insonga bagʻishlangan qoʻshigʻida "Islom lashkar boshi" soʻzlarini eshitish mumkin. Qoʻshiq nomida ushbu inson SHUNDAY U deb ataladi. Qanchalik gʻalati boʻlmasin, 1747-yilda vafot etgan Nodirshohga ham SHUNDAY U degan laqab berishgan. Diqqat savol: Shunday U oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.