[Boshlovchiga: «dos», «gers», «vindous uch-bir».] Navin Kabra aytishicha, DOS operatsion tizimi ekranning yangilanish chastotasini 50 Gts, «Windows 3.1» esa — 60 Gts qilib belgilagan. Kutilmagan oqibatlar natijasida baʼzi ALFAlar «Windows»ni yomon koʻrib qolishgan. Eski sovet kompyuter monitorlarida ALFA haqiqatan ham ALFAni eslatgan degan fikr bor. Biz ALFA soʻzi bilan qaysi soʻzni almashtirdik?