“Doktor Kaligarining kabineti” qoʻrqinchli filmi oʻz davri uchun yangilik edi va oʻsha davrda ishlangan koʻplab filmlar uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qilgan. Bir maqolada qayd etilishicha, Kaligari oʻsha davr nemis kinematografiyasida IKSga aylangan edi. Savol matnidagi bir soʻzda ikki harf boshqa ikki harf bilan almashtirilgan. Agar almashtirilgan harflarni topgan boʻlsangiz, soʻzni tiklang.