“Disney” kompaniyasi yangi davrda qattiq tanqidlarga sabab boʻluvchi loyihalari bilan esda qolyapti. Masalan, suv parisi Ariel obrazi qora tanli aktrisa tomonidan gavdalantirildi, keyin esa Oppogʻoy roli uchun qorachadan kelgan aktrisa tanlandi. Bu yoʻnalishning qanchalik ahmoqona ekanligi ustidan hazil qilingan bir izohda navbatdagi qahramon kimligi taxmin qilingan va U SHUNDAY boʻlishi aytilgan. “Shrek” multfilmining 3-qismida U SHUNDAY ekanligini koʻrish mumkin. Savol: U yoki SHUNDAY oʻrnidagi soʻzni yozib bering.