Disleksiya — mutolaa paytida raqamlar yoki harflarni oʻqiy olmaslik yoki eslab qola olmaslik kasalligidir. 1926-yilda tugʻilgan ushbu yevropalik dastlab raqamli kodlardan foydalangan boʻlsa-da, disleksiyadan aziyat chekkani sababli kodlardan voz kechgan edi. Bu shaxsning avtobiografik kitobining rus tilidagi nomida “Gʻoya bor” soʻzlari mavjud. Gap kim haqida ketayotganini ayting.