Diqqat, sheʼr Uygʻonar choʻqqilar ustida oftob, Yam-yashil vodiyga sochib oltin nur. Oʻzbeklar yurti bu – navqiron, ozod Zaminda muzaffar oʻlkasan, magʻrur. Tarqatmada Mirpoʻlat Mirzo tomonidan, 1990-1992-yillar oraligʻida boʻlib oʻtgan tanlovda ikkinchi oʻrinni olgan sheʼrning dastlabki toʻrt misrasini koʻrib turibsiz. Savol: Ushbu tanlovda ijod namunasi birinchi oʻrinni olgan insonning ism-familiyasini yozib bering.