Diqqat. Savoldagi shunday va bunday soʻzlari boshqa soʻzlar bilan almashgan. Qiziqchi Abduraxmon qiziq oʻz latifalaridan birida ikkita odamning diologini keltiradi: Birinchi odam ikkinchi odamdan soʻraydi: Yozuvchi Gogolning Revizyor asari komediyami yoki tragediyami? Ikkinchi odam javob beradi: Agar Revizyor shunday boʻlsa komediya, agar bunday boʻlsa tragediya. Ancha yillar oldin suratga olingan va bosh rollardan birini hozirda AQSh da yashayotgan Gulnora Qosimova oʻynagan oʻzbek kinofilmi Bunday deb nomlanadi. Diqqat savol: Shunday va bunday soʻzlari oʻrnidagi almashgan soʻzlarni yozib bering.